10 noyabr kuni Toşkentdagi «Zarafşon» konsert zalida siyosiy partiyalar vakillari iştirokida 4 raundli «Demokratik debat» ötkazildi. 

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan taşkil qilingan mazkur tok-şou Özbekistonda siyosiy partiyalar rahbarlari bevosita iştirok etgan ilk debat hisoblanadi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Tok-şou davomida jurnalistlar partiya rahbarlariga 2017 yilning bahorida Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov tomonidan Özbekistonning taşqi siyosatdagi asosiy pozitsiyasi sifatida turli tuzilmalarga, jumladan, Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti hamda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi taşkilotlariga kirmasligi ma'lum qilinganini eslatdi.

Biroq, yaqinda Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev «Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşiliş imkoniyatlari uç yildan beri örganilayotgani» haqida gapirdi. Şundan kelib çiqilsa, Özbekiston 2016 yildayoq YeOIIga kiriş imkoniyatini örganişni boşlaganmidi yoki sönggi vaqtlarda Özbekistonning taşqi siyosatdagi asosiy pozitsiyasi özgardimi?

Umuman, YeOIIga kiriş Özbekistonning taşqi siyosat konsepsiyasiga mos keladimi, mazmunida savol bilan murojaat qilindi.

Şuningdek, «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi rahbari Alişer Qodirovga siz bu boradagi pozitsiyangizda qat'iymisiz, deya qöşimça savol berildi.

«Bugungi kunda Özbekistonning rivojlaniş yönalişida barça mintaqa va davlatlar bilan hamkorlik qilişi juda muhim. YeOII masalasida davlatning 2030 yilgaça möljallangan konsepsiyasi muhokama qilinmoqda. Bu konsepsiya doirasida Özbekistonni birinçi örinda Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölişi uçun belgilangan tartibda işlarni olib boriş hamda YeOII bilan hamkorlik va «Savdo şerikligi töğrisida»gi şartnomani imzolaş rejalaştirilgan.

Bunda taşqi siyosat konsepsiyamizga zid bölgan birorta xatti-harakat amalga oşirilmagan. «Milliy tiklaniş» partiyasi esa Özbekistonni iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga xizmat qiladigan har qanday harakatni qöllab-quvvatlaydi», deya partiya lideri Alişer Qodirovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.