2019 yil 1 avgustdan boşlab jismoniy şaxslarning Özbekiston Respublikasi hududida suğurta faoliyatini amalga oşirişga litsenziyasi bölgan yuridik şaxslarga hayotini uzoq muddatli suğurtalaş böyiça suğurta şartnomasining har bir amaldagi yili uçun suğurta mukofotini tölaşga yönaltiriladigan iş haqi va boşqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
Davlat soliq qömitasi bölim boşliği Aydos Koşanovning yozişiça, bunda suğurtalangan şaxsning hayoti uçun suğurta tölovlari şartnoma böyiça suğurta muddati boşlangan kundan boşlab kamida ön ikki oydan keyin amalga oşirilişi şart.
Uzoq muddatli hayotni suğurtalaş şartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan va suğurtalovçi tomonidan suğurtalangan şaxsga suğurta mukofoti qisman yoki töla qaytarilgan taqdirda, qaytarilgan suğurta mukofotining summasi jismoniy şaxsning soliqqa tortiladigan jami daromadiga kiritiladi. Bunda tölov manbaidan jismoniy şaxslarning daromad soliğini uşlab qoliş va budjetga ötkazib beriş majburiyati suğurtalovçiga yuklatiladi.
Prezidentning 2019 yil 27 iyundagi PF-5755-sonli farmoni talablaridan kelib çiqib, agar suğurtalangan şaxsning hayoti uçun suğurta tölovlari şartnoma böyiça suğurta muddati boşlangan kundan boşlab kamida ön ikki oydan keyin amalga oşirilsa, suğurta mukofotini tölaşga yönaltiriladigan iş haqi va boşqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
Bundan taşqari, prezidentning 2019 yil 2 avgustdagi “Özbekiston Respublikasining suğurta bozorini isloh qiliş va uning jadal rivojlanişini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4412-sonli qarorining 6-bandida jismoniy şaxslar daromadlarining hayotni uzoq muddatli suğurtalaş (barça toifadagi hayot suğurtasi sohasi) böyiça suğurta mukofotlarini tölaş uçun Özbekiston Respublikasida suğurta faoliyatini amalga oşirişga litsenziyasi bölgan yuridik şaxslarga yönaltiriladigan qismi yuzasidan soliq imtiyozlari quyidagi şartlarda qöllanilişi belgilandi:
a) suğurta summasi şartnoma böyiça suğurta davri boşlanişi sanasidan kamida 12 oydan söng biryöla tölanganda. Bunda suğurta badallarini tölaş suğurta summasini tölaş sanasidan oldingi 12 oylik davrda ösib bormaydigan tartib böyiça amalga oşirilgan bölişi kerak.
Şartnoma böyiça suğurtalangan şaxsning hayotni uzoq muddatli suğurtalaş (barça toifadagi hayot suğurtasi sohasi) böyiça muayyan yoşgaça yoki sanagaça yaşaşidan boşqaça tarzdagi suğurta hodisasi sodir bölgan taqdirda suğurta qoplamasini yoki suğurta summasini tölaş körsatib ötilgan imtiyoz qöllanilgan holda şartnoma böyiça suğurta davri boşlanişi sanasidan 12 oy ötmasdan amalga oşirilişi mumkin;












