Amerikalik boksçi Devin Xeyni dominikanlik Alfredo Santyagoni mağlub etib, WBC versiyasi böyiça örta vazn toifasida jahon çempioni unvonini birinçi marta himoyaladi. E'tiborlisi, boksçi afsonaviy Mayk Tayson kabi bunga 20 yoşida erişa oldi.
Amerikalik Los-Anjyelesdagi Staples Center’da ötgan jangda yetakçilik qilib, raqibini 5-raundda nokdaunga jönatişga ham ulgurdi.
Xeyni uçun bu 24 ta jangdagi 24-ğalaba böldi, Santyago esa birinçi mağlubiyatga uçradi.
Amerikalik boksçi afsonaviy hamyurti Mayk Taysonning natijasini qaytara oldi: 20 yoşli Xeyni 21 yoşigaça jahon çempioni unvonini himoyalay olgan 1986 yildan beri birinçi boksçi böldi.
“Men haqiqiy çempion ekanligimni körsata oldim. Bu jang men uçun yaxşi tajriba böladi va men olğa harakat qilişni davom ettiraman. 2020 yilda men yetakçi boksçilar bilan jang qilmoqçiman, meni barça çempionlik unvonlari egalari qiziqtiradi. Men ular bilan jang qilişga tayyorman va buni iloji boriça ertaroq boşlagan ma'qul”, deb aytgan boksçi.
Devin Haney rolls Santiago’s punches and nails him with a long counter right uppercut and knocks him down after following up. #HaneySantiago #KSIvsLoganPaul2 #boxing pic.twitter.com/hmwzOKlHCl
— Harry Zahn (@harry_zahn) November 10, 2019
Xeyni vaqtinçalik çempionlik unvonini sentyabrda rossiyalik Zaur Abdullayevga qarşi jangda qölga kiritgan. Keyinroq u tölaqonli çempion unvonigaça kötarilgan.
Mayk Tayson ilk çempionlik kamarini 1986 yil noyabrda WBC versiyasi böyiça jahon çempioni Trevor Berbikka qarşi jangda qölga kiritib, oğir vazndagi eng yoş çempionga aylangan. Öşanda “temir” Mayk 20 yoşda bölgan.












