Qonunçilik palatasining 2019 yil 12 noyabrda bölib ötgan majlisida deputatlar köplab dolzarb masalalar qatori «Metrologiya töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasini ham ikkinçi öqişda körib çiqdilar.

Parlament quyi palatasining 29 oktyabrdagi majlisida mazkur qonun loyihasini moddama-modda muhokama qiliş jarayonida deputatlar tomonidan bir qator masalalar kötarilgan edi. Bahs-munozaralardan söng qonun loyihasini maromiga yetkaziş zarurati yuzaga kelgani sababli loyiha qömitaga qaytarilgan edi.

Qonun loyihasidagi asosiy tuşunçalarning mohiyati belgilangan moddalarda aks etgani sababli, ularning soni 18 tadan 8 tagaça qisqartirildi.

Qonun loyihasi bilan metrologiya xizmati nima ekaniga aniqlik kiritilgan. U davlat metrologiya xizmatidan, davlat boşqaruv organlari metrologiya xizmatidan, Özbekiston milliy metrologiya instituti, davlat va xöjalik boşqaruv organlari hisoblanmagan yuridik şaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi. Öz navbatida, davlat metrologiya xizmati «Özstandart» agentligi va uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi bölinmalaridan tarkib topadi.

«Davlat etaloni» tuşunçasi «milliy etalon» tuşunçasiga almaştirildi. Milliy etalon metrologiya böyiça milliy organning qarori bilan Özbekiston Respublikasi hududida muayyan kattalik birligining ölçamini belgilaş uçun birlamçi etalon sifatida e'tirof etiladi.

Texnik vositalarni ölçaş vositalari va (yoki) sinov vositalari jumlasiga kiritiş mezonlari belgilangan. Undan taşqari, qonun loyihasining 26-moddasida ölçaş vositalarini kalibrlaş ma'lum şaroitlarda ular yordamida olingan kattalik qiymati hamda etalon bilan qayta tiklanadigan tegişli kattalik qiymati örtasidagi nisbatni aniqlaş orqali ölçaş vositasining metrologik tavsiflarini belgilaş maqsadida amalga oşiriladi.

Loyiha sinov vositalarini attestatsiyadan ötkazişga doir yangi modda bilan töldirilgan. Sinov vositalarini attestatsiyadan ötkaziş ularning normalangan texnik tavsiflarini texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlaş maqsadida akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oşiriladi.

Deputatlarning fikriça, mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi metrologiya sohasining xalqaro talablar bilan muvofiqlaştirilişini, şu bilan birga, mahsulot, jarayonlar, işlar, xizmatlar xavfsizligi masalalarida iste'molçilar hamda davlat manfaatlarini himoya qilişga, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoşligini oşirişga xizmat qiladi. Şuningdek, yangi iş örinlari yaratilişiga, sohaning xalqaro tamoyillar asosida rivojlanişiga, körsatilayotgan metrologik xizmatlar sifati oşişiga va jarayonlarning şaffofligini ta'minlaşga imkon yaratadi.