Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 10 oyda 228 mln dollarlik avtomobil ehtiyot qismlari import qilindi
Samarqandda viloyat avtomobilsozlik korxonalari sanoat kooperatsiyasi ish boshladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Joriy yil 17 sentyabrda prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektorda mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalari sust rivojlanayotgani tanqid qilingan edi.


Bugungi tadbirda mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda ham bu boradagi ishlar yetarli bo‘lmayotgani aytib o‘tildi.
Viloyat hokimining mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Nozir Ibragimovning ta'kidlashicha, joriy yilning dastlabki o‘n oyida Samarqanddagi uchta – «JV MAN-Auto Uzbekistan»QK, «SamAuto» MChJ va «UzAutoTrailer» MChJ korxonalari tomonidan 228 million AQSh dollariga avtomobil ehtiyot qismlari sotib olingan. Bu viloyatdagi jami eksportning 20 foiziga tengdir.

Ta'kidlanishicha, yuqoridagi avtomobilsozlik korxonalarida har bir avtomobil ishlab chiqarish uchun mingdan ortiq butlovchi buyum talab etiladi va ularning asosiy qismi import orqali olib kelinadi.
Ko‘rgazmada ana shu butlovchi qismlarni mahalliylashtirish yuzasidan tadbirkor bilan muzokaralar ikki kun davomida olib boriladi.

Birgina «JV MAN-Auto Uzbekistan» qo‘shma korxonasida 135 turdagi butlovchi qismlar O‘zbekistondagi korxonalarda ishlab chiqarilsa, mahalliylashtirish uchun 300 turdagi mahsulotlar tadbirkorlarga taklif etilyapti. Xuddi shuncha turdagi mahsulotni mahalliylashtirish «SamAuto» MChJ tomonidan ham taklif etilgan.

Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026