2019 yil 4-10 noyabr kunlari "ÖzRTXB"da ötkazilgan birja savdo natijalariga köra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yönalişlar böyiça şakllanib bordi.
Körib çiqilayotgan davr mobaynida 3898,5 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qöyildi, va şundan 2906,5 tonnasi sotildi. Sönggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini böyiça şakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,4 foizga pasaydi va bir tonnasi uçun 6236,8 ming sömni taşkil etdi.
Ötgan haftada suyultirilgan gaz işlab çiqaruvçilari birja savdolari orqali 11,8 mlrd sömlik 4544,0 tonna suyultirilgan gaz sotişdi. Gazning birjada şakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 4,6 foizga pasayib, bir tonna uçun 2596,9 ming sömni taşkil etdi.
Oltinning narxi kiçik pasayişni körsatmoqda, sönggi savdo haftasida şakllangan birja kotirovkasi 1 gr oltin uçun 453,0 ming sömni taşkil etdi. Haftalik savdo natijalariga köra ÖzRTXBda 271,9 mln sömlik 600 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Sotuvçi sifatida “Olmaliq KMK” AJ savdoda qatnaşdi.
Birjada paxta tolasi uçun yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. Ötgan hafta 1 nav 4 tip (oddiy klass)dagi paxta tolasi böyiça narxlar 7,5 foizga ösib, bir tonna uçun 13,5 mln sömni taşkil etdi. Paxta tolasini boşqa navlarining narxlari örtaça 7,3 mln sömdan 13,0 mln sömgaça böldi.












