Naşrning ma'lum qilişiça, uning boş muharriri Layonel Barber uşbu lavozimni 14 yil egallagandan keyin 2020 yil yanvarda iste'foga ketadi. Barber gazetada umumiy hisobda 34 yil işlagan. U öz lavozimidan ketişining sababini ma'lum qilmagan.

Rula Xalaf

Barberning örnini kim egallaşi haqidagi yangilik özini kuttirib qöymadi. Ma'lum qilinişiça, boş muharrir lavozimini naşrda 24 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan, 2016 yildan Barberning örinbosari bölgan Rula Xalaf egallaydi. Bungaça Xalaf xorijiy mavzulardagi, jumladan Yaqin Şarq bilan boğliq maqolalarga mas'ul bölgan.

1888 yilda aka-uka Goratsio Vilyam Bottomli va Jyeyms Şeridan tomonidan asos solingan Financial Times naşri dunyoning 24 ta şahrida ingliz tilida 350 mingdan köproq nusxada çop etildi. Moliya va biznes olami yangiliklarini çop etişga ixtisoslaşgan gazetaning boş qarorgohi Londonda joylaşgan.