Britaniyaning Financial Times (FT) naşri ötib borayotgan ön yillikning “qiyofasini” belgilagan 50 kişidan iborat röyxatni taqdim qildi. “Ön yillikning 50 kişisi” röyxatiga 19 nafar siyosiy şaxs, 22 nafar tadbirkor hamda madaniyat, fan, şou-biznes va sportdan 9 kişi kiritilgan. 

FT tanlab olgan siyosatçilar orasida yetakçi davlatlar rahbarlari - Vladimir Putin, Rajab Toyyib Erdöğan, Emmanyuel Makron, Donald Tramp, Angela Merkel, Narendra Modi, Si Tszinpin va Muhammad bin Salmon Ol Saud bor. Ular qatoridan AQŞ maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden, pokistonlik faol va Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzoy, Hongkongdagi namoyişlar yetakçisi Joşua Vong, 2001 yilda öz joniga qasd qilişi Tunisda “yasmin inqilobi” va “arab bahori”ning boşlanişiga turtki bölgan mevalar sotuvçisi Muhammad Buaziziy joy olgan.

Şuningdek, röyxatga Moskva aksildoping laboratoriyasining sobiq direktori va 2016 yilda AQŞga köçib ketib VADA informatoriga aylangan Grigoriy Rodçenkov ham bor. 

Biznes vakillari orasida Apple rahbari Tim Kuk, Amazon asosçisi Jyeff Bezos, Yevropa markaziy banki sobiq rahbari Mario Dragi, Netflix rahbari Rid Xastings, Uber asosçilaridan biri Trevis Kalanik, Tesla rahbari Ilon Mask va Alibaba asosçisi Jyek Ma röyxatga kiritilgan. 

Şuningdek, ön yillikning ahamiyatli kişilari sifatida amerikalik tennisçi Serena Uilyams, CRISPR-cas9 genomini tahrirlaş texnologiyasini işlab çiqqan amerikalik olima Jyennifer Dudna, amerikalik prodyuser Xarvi Vaynşteynni zörlaşda ayblagan va jinsiy zörlaşga qarşi harakat #MeToöga sababçi bölgan aktrisa Rouz Makgoun e'tirof etilgan.