Uşbu söz onlayn-luğatda 2011 yilda paydo bölgan va hozirga qadar uning tez-tez qöllanişi darajasi 181 foizga oşgan.

“Upcycling”ni sanoat kölamida emas, maişiy kölamda “qayta işlaş” deb tarjima qiliş mumkin. Bu eski buyumlar yoki çiqindilardan mebel, kiyim-keçak va boşqa buyumlarning tayyorlanişidir.

“Biz upcycling negizida yotgan ğoya odamlarni uşbu sözning özidan köproq jalb qiladi, deb hisoblaymiz. Iqlimning tobora avj olayotgan özgarişini töxtatişning iloji yöqdek. Biroq utillaştiriş inson qölidan keladigan va vaziyatni özgartirişi mumkin bölgan aniq harakatdir”, deb aytgan Kembrij luğati naşriyot bölimi rahbari Vendalin Nikols.

Yil söziga şuningdek “carbon sink” – “uglerod yutuvçisi” (masalan, katta miqdorda uglerodni qayta işlab, issiqxona effektini kamaytiruvçi örmon massivi), “compostable” – “bioparçalanuvçi material”, “preservation” – “tabiiy majmualarni saqlaş” sözlari ham da'vogarlik qilgan.

Avvalroq ingliz tilining izohli luğati Collins English Dictionary climate strike, ya'ni “iqlimiy zabastovka” iborasini yil sözi deb topgandi.