Kun.uz sayti oktabr oyida telegramdagi kanalida umumiy jamğarmasi 15 million söm bölgan yutuqli tanlovga start bergandi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari uşbu tanlovda faol qatnaşişdi va jami 256 ming 826 nafar iştirokçidan 120 ming 71 nafar kişi e'lon qilingan şartlarni töliq bajardi.
Tanlov yakunida kompyuterda random usuli orqali uç nafar ğolib aniqlandi.
Tahririyat ğoliblarning ikki nafari bilan boğlandi.
Dastlab № 21606 raqam egasi Malika Saidovaga uşbu tanlovda ğolib çiqib, 5 million söm miqdoridagi yutuqqa ega bölgani xabari yetkazildi.
№199805 raqam egasi Oygul Xojiyeva bilan ham suhbatlaşdik. Bu ğolibimiz Sirdaryo viloyati Xovos tumanida istiqomat qilar ekan. U yutuqni öqişi uçun kontrakt puli sifatida tölamoqçi.
Hozirça uçinçi ğolib bilan boğlanişning imkoni bölmayapti. Tez orada bu omadli inson bilan ham boğlanib, xuşxabarni yetkazişga harakat qilamiz.

Tez orada barça ğoliblarga yutuqlar topşiriladi. Ularning har biri 5 million sömdan pul mukofoti olişadi. Şu örinda, konkursda iştirok etgan boşqa muştariylarimizga ham minnatdorçilik bildiramiz.
Kun.uz’dan uzoqlaşmang, bu hali hammasi emas. Bizda bunday tanlovlar yana ötkaziladi. Kanalni kuzatişda davom eting.











