Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi 22 dekabr kuni böladigan saylovlar munosabati bilan talabalar uçun qişki ta'til davri 20 dekabrdan 6 yanvargaça deb belgilanişi kutilayotgani haqida ma'lum qildi.
«2019 yilning 22 dekabrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga umumxalq saylovlari ötkazilişi munosabati bilan talabalar özi doimiy röyxatdan ötgan yaşaş joyida ovoz berişlari uçun 2019-2020 öquv yili qişki ta'til davri 2019 yil 20 dekabrdan 2020 yil 6 yanvargaça deb belgilanişi kutilmoqda», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Bloger va huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev telegramdagi kanalida qişki ta'til vaqti oldinroqqa surilişi ehtimoli kattaligini aytib, talabalarga qişki ta'tilga ketiş davrida samolyot va poyezdlarga çegirmalar berilişi ham kutilayotganini eslatib ötgan.











