«Iqtisodiy sohada tarkibiy islohotlar amalga oşirilayotgan holatda joriy yilda inflatsiya darajasi nisbatan baland bölişi va u 15,5 foizni taşkil etilişi kutilyapti. Inflatsiyani keyingi yilda 12,5-13 foizgaça pasaytiriş, 2022 yil yakuni bilan esa 9-9,5 foizgaça pasaytiriş lozim böladi. Buning uçun monetar va fiskal sohada muvofiqlaştirilgan holda qilinadigan çoralar, raqobatbardoş iste'mol mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytirişning aniq yönalişlari amalga oşiriladi. Umumiy fiskal taqçillikni 2022 yilgaça YaIMga nisbatan 1,5 foizgaça kamaytiriş maqsad qilinmoqda.
Yaqinda Xalqaro valuta jamğarmasining Kavkaz va Markaziy Osiyo böyiça iqtisodiy prognozlari e'lon qilindi. Unga köra, Özbekistondagi inflatsiya MDHdagi eng yuqori körsatkiç, deb qayd etildi. Bunga bir neça omil sabab bölgan. Birinçidan, investitsiyalarga bölgan ehtiyoj. Yillar davomida bu muammo yiğilib qolgan. Ehtiyojni qoplaş uçun içki va taşqi moliyaviy manbalar işga solindi. Kreditlar hajmi yil yakunlari bilan 40 foizdan ortiq bölişi kutilyapti.
Ikkinçidan, tariflar. Non va un narxi erkinlaştirildi. Mana, yaqinda deputatlar fermerlar murojaatini körib berişdi. Şu kabi masalalar inflatsiyaga öz ta'sirini ötkazyapti.
Savol tuğilişi mumkin: nega inflatsiya darajasini keskin tuşirişga harakat qilinmayapti? Avvalo, iqtisodiyotda moliyaviy manbalarga bölgan ehtiyoj qondirilmay qoladi, iqtisodiy ösiş darajasi pasayib ketadi. Şuning uçun buni bosqiçma-bosqiç hal qilişimiz kerak.
Uçinçidan, xalqaro valuta bozoridagi va Özbekistonning asosiy savdo hamkor mamlakatlari yirik valuta kurslari almaşinuvi sababli milliy valutaning ma'lum darajada devalvatsiyasi sodir böldi», deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












