Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko belaruslar rossiyaliklar uçun "oyoqqa osilgan toş" va "boqimanda" emasligini aytdi.
Belarus prezidenti matbuot xizmatining bildirişiça, Lukaşenko respublika xavfsizlik kengaşi kotibi Stanislav Zas va davlat çegara qömitasi raisi Anatoliy Lapponi qabul qiliş çoğida ana şunday bayonot bergan.
"Bizga doim tanbeh berişadi: "Biz Belarusni deyarli boqyapmiz. Biz unga dotatsiya bermasak, qaramasak, u parçalanib ketadi". Çegaralarni hamkorlikda qöriqlaş qançaga tuşayotganini hisoblab köriş kerak. Ularga havo hujumidan mudofaa tizimi töğrisida eslatib qöyiş kerak: ular buni hamkorlikda qilişimiz uçun menga uzoq yalinişdi. Bugun biz Boltiqdan Qora dengizgaça Rossiya Federatsiyasi uçun işlayapmiz. Bu ham pul va nafaqat pul. Yana baribir biz boqimandamiz", - degan Lukaşenko.
Belarus rahbarining sözlariga köra, Minsk va Moskva integratsiyani çuqurlaştiriş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Uning aytişiça, yuzaga keladigan barça masalalarni "töplab, stol ustiga qöyiş kerak va rossiyalik oğalar, köring, biz sizlar uçun qanday xizmatlar qilyapmiz va bu arzonga tuşmayapti" deb körsatiş kerak.












