2021 yildan futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida videotakrorlardan foydalanish joriy etiladi. Bu haqda «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasida keltirilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, xalqaro tajribadan kelib chiqib, Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi talablariga muvofiq 2021 yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta'minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish masalasi ham kiritilgan.
Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan boshlab, xalqaro tajribadan kelib chiqib sport sohasini, ayniqsa futbolni yanada rivojlantirish, uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 iyunga qadar futbol faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tomonidan bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanish, totalizator o‘ynash, o‘yinga yoki uning natijasiga ta'sir o‘tkazish maqsadida kelishilgan o‘yinlar o‘tkazish, ularda ishtirok etish yuzasidan javobgarlikni belgilash bo‘yicha Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi belgilangan.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2020 yil 1 aprelga qadar bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi va ularda shu jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:
- bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishini;

















