Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti «Human xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoiy iş yuzasidan ayrim tafsilotlarni ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, Tergov departamenti iş yurituvida «Human xususiy bandlik agentligi» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bildirilişiça, hozirda ayrim şaxslar ijtimoiy tarmoqlarda «Human xususiy bandlik agentligi» MÇJ rahbari Ş.Fayzullayevga nisbatan jinoyat işi böyiça qamoq bilan boğliq bölmagan boşqa ehtiyot çorasi qöllanilganligi va ozodlikda ekanligi, jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilmayotganligini iddao qilib, jabrlangan fuqarolarni hukumat idoralari oldida çiqişlar qilişga undamoqdalar.

«Şu kabi da'volar asossiz va töğri emasdir», - deyiladi Tergov departamenti ma'lumotida.

Dastlabki tergov davomida Ş.Fayzullayevga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblov e'lon qilingan va «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilib, hozirda u IIV JIEBBga qaraşli 1-sonli Tergov hibsxonasida saqlanmoqda.

Jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zararning örnini qoplanişini ta'minlaş maqsadida, Ş.Fayzullayev firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan pul mablağlari hisobidan xarid qilingan mol-mulklarni, şuningdek özlaştirib yuborilgan va sarflangan pul mablağlarni aniqlab, ularni xatlaş çoralari körilmoqda.

Jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda, tergov yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta'minlanadi.

«Fuqarolardan norasmiy ma'lumotlarga işongan holda biror-bir huquqbuzarlik sodir etişdan özlarini tiyişlari hamda IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan jinoyat işi böyiça berib boriladigan rasmiy ma'lumotlarga asoslanişlari söraladi.

Şu örinda, hurmatli fuqarolar sizlardan, rasmiy vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanmagan turli xil soxta ma'lumotlar va undovlarga işonib qolmasligingizni söraymiz, sababi yiğilişlar, mitinglar, köça yurişlari yoki namoyişlar uyuştiriş, ötkaziş tartibini buzganlik ma'muriy va jinoiy tartibda jazolanadi», - deyiladi xabarda.