Davlat kompaniyalariga möljallangan xususiylaştiriş dasturiga muvofiq kapital bozori orqali kamida 20ta yirik davlat korxonalarini xususiylaştiriş kutilmoqda. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov 15 noyabr kuni bölib ötgan «Özbekiston iqtisodiyotining rivojida kapital bozorining örni» mavzusida xalqaro konferensiyada aytib ötdi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sunnatilla Bekenov davlat kompaniyalarining aksiyalarini birlamçi IPO (initial public offering – birinçi kimoşdi savdosi) amaliyotini kengaytiriş orqali respublikaning kapital bozorini qöllab-quvvatlaşga tayyorligini ma’lum qildi va bu amaliyot investorlarni, şu jumladan, xöjalik yurituvçi sub’yektlar va aholini fond bozoriga faol jalb qiliş maqsadida respublikaning içki kapital bozorida allaqaçon amalga oşirilayotganini ta’kidladi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sunnatilla Bekenov

Sunnatilla Bekenovning sözlariga köra, «Aloqabank» va «Özsanoatqurilişbank» davlat banklari, şuningdek, Özbekiston tovar-xomaşyo birjasi AJ aksiyalari kimoşdi savdosiga qöyilişi rejalaştirilgan. Uning aytişiça, hukumat davlatning iqtisodiyotdagi iştirokini kamaytiriş uçun uşbu amaliyotni davom ettirişga sodiqdir.

«Davlat korxonalarini boşqariş va xususiylaştiriş strategiyasi qabul qilinişi rejalaştirilmoqda. Unda davlat mulkini saqlab qoliş va ularni içki va taşqi bozorda raqobatlaşa oladigan samarali korxonalarga aylantiriş közda tutilgan», deydi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori.

Tadbirda hukumat pensiya fondlariga qimmatli qoğozlarga sarmoya kiritiş huquqini beriş uçun pensiya islohotlarini tezlaştirişni rejalaştirayotgani haqida ham ma’lum qilindi. Bu xususiy pensiya jamğarmalarini yaratişni anglatadi.

Xalqaro konferensiyada, şuningdek, davlat obligatsiyalarining ikkilamçi bozorini aholi tomonidan sotib oliş imkoniyati bilan rivojlantiriş rejalari e’lon qilindi.

Eslatib ötamiz, Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi 2020–2025-yillarga möljallangan kapital bozorini rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqmoqda. Mazkur strategiyani amalga oşiriş natijasida erkin muomaladagi qimmatli qoğozlar hajmi Özbekiston yalpi içki mahsulotining 10-15 foiziga yetişi kutilmoqda. Hozir bu körsatkiç YaIMning 0,2 foiziga teng xolos. Bundan taşqari, jahon amaliyotini hisobga olgan holda kapital bozorida qimmatli qoğozlar turlarini köpaytiriş rejalaştirilgan. Mutaxassislarning qayd etişiça, uşbu maqsadga erişiş Özbekiston kapital bozori mamlakat iqtisodiy ösişining drayveriga aylanişiga imkon beradi.