“Red Bull” jamoasining gollandiyalik poygaçisi Maks Ferstappen “Formula-1” poygasining 20-bosqiçi – Braziliya gran-prisida ğolib böldi.
2-örinni “Toro Rosso” vakili, fransiyalik poygaçi Per Gasli egallagan. Marra çiziğini uçinçi bölib kesib ötgan “Mersedes” a'zosi, britaniyalik poygaçi va amaldagi çempion Lyuis Xemilton “Red Bull” a'zosi Aleksander Albon bilan oxirgi aylanada töqnaşib ketgani sababli 5 soniyalik jarima olib, 7-öringa tuşib ketgan. Şundan keyin 3-öringa “Makleren” vakili Karlos Sayns kötarilgan.
E'tiborlisi, Xemilton avvalgi bosqiçdayoq öziga navbatdagi çempionlikni kafolatlab qöygandi.
“Ferrari” a'zolari Sebastyan Fettel va Şarl Lekler finişgaça 5 aylana qolganda töqnaşib ketişgan va poygadan çiqib ketişgan. Şuningdek, “Mersedes” poygaçisi Valtteri Bottas ham poygani yakunlay olmagan.
Umumiy hisobda Xemilton 387 oçko bilan 1-örinni, Bottas 314 oçko bilan 2-örinni egallamoqda. Ferstappen esa uşbu muvaffaqiyatidan keyin (260 oçko) 3-öringa kötarilib olgan.
Mavsumning oxirgi bosqiçi Abu-Dabida 29 noyabr-1 dekabr kunlari bölib ötadi.












