Toşkent şahrida ötgan sutka davomida 5ta yonğin holati qayd etilgan bölib, şulardan 4tasi qurigan ösimlik va xazonlarni yonişi bilan boğliq bölgan yonğinlarni taşkil etmoqda. Yonğinlarda insonlarni halok böliş va tan jarohati oliş holatlari qayd etilmadi.
Toşkent şahar Yonğin xavfsizligi boşqarmasi xabariga köra, 2019 yil 17 noyabr kuni soat 15:22da, Sergeli tumani, TXAY köçasi Erkin körigi oldida “Istana” rusumli mikroavtobus yongan. Yonğin öçiriş jangovar bölinmalari çaqirilgan manzilga soat 15:30da yetib borgan va körilgan tezkor çora va harakatlar natijasida yonğin soat 15:35da bartaraf etilgan.
Yonğin avtotransport vositasining elektr simlarida vujudga kelgan qisqa tutaşuv oqibatida sodir bölgan, deb taxmin qilinmoqda. Yonğindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yonğin joyiga 2 ta yonğin öçiriş texnikasi jalb qilingan.
Toşkent şahar Yonğin xavfsizligi boşqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlaridan, şuningdek fuqarolardan yonğin xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etişni söragan.












