Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qömitasi tomonidan ikkinçi öqişga tayyorlanayotgan yangi tahrirdagi “Aholini iş bilan ta'minlaş töğrisida”gi qonun loyihasi yuzasidan fraksiyalararo munozara ötkazildi.
Parlament saytida xabar qilinişiça, fraksiyalararo munozaradan közlangan asosiy maqsad mehnat munosabatlari böyiça qonun hujjatlariga kiritilayotgan institutsional özgarişlarni muhokama qiliş va mutaxassislar, ekspertlar fikrlarini hisobga olgan holda, aholi bandligiga oid qonun loyihasini takomillaştiriş yuzasidan yakdil töxtamga kelişdan iborat böldi.
Qonunni takomillaştiriş orqali mamlakatda yangi barqaror iş örinlarini yaratiş, aholi, ayniqsa, yoşlar va ayollar bandligini ta'minlaş, fuqarolarni tadbirkorlikka keng jalb etiş, milliy mehnat bozorida işçi kuçi raqobatbardoşligini oşiriş, band aholining malaka sifati va kasbiy darajasini oşiriş borasidagi islohotlarni jadallaştirişning huquqiy asoslari yaratilmoqda.
Şu bilan bir qatorda, ayni paytda mehnat bozoridagi vaziyatni tubdan yaxşilaş, mehnat munosabatlarini hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, investitsiya faolligini oşiriş va ijtimoiy rivojlantiriş maqsadlariga erişiş uçun “Aholini iş bilan ta'minlaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining yangi tahririni işlab çiqiş davr talabiga aylandi. Ya'ni, keng kölamli islohotlarning muvaffaqiyati muayyan darajada ötgan yillarda şakllangan qonunçilik bazasini tubdan özgartirişni, şuningdek, norma ijodkorligi jarayonini sifat jihatdan yangi bosqiçga kötarişni talab qilmoqda.
Şuning uçun ham bugungi huquq amaliyoti uşbu yönalişdagi ijtimoiy munosabatlarni tarqoq, alohida qonunçilik va qonunosti hujjatlari orqali tartibga solişdan voz keçgan holda, yönaltirilgan, töğridan-töğri va ta'sirçan qonunçilik yöli bilan tartibga soliş amaliyotiga ötişga möljallangan. Bu esa, huquqiy ziddiyatlar, nomutanosibliklar, huquqni normalarini turliça talqin qiliş kabi holatlarga va murakkabliklarga barham beradi.
Mazkur qonun loyihasi joriy yil 22 oktabr kuni Qonunçilik palatasi majlisida deputatlar tomonidan konseptual jihatdan ma'qullangandi. Aholi bandligi sohasidagi tub ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy özgarişlarni qonun amaliyoti bilan mustahkamlaş orqali keskin jadallaştiriş yönalişlari deputatlar korpusi tomonidan qöllab-quvvatlangandi. Qömita tomonidan ikkinçi öqişga tayyorlanayotgan yangi tahrirdagi mazkur qonun loyihasi birinçi öqişdan keyin ötgan qisqa davr içida siyosiy partiya fraksiyalari, deputatlar, ekspertlar, iş beruvçilar va keng jamoatçilikning fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda takomillaştirildi.












