14:18 / 19.11.2019
1
11025

O‘zbekiston klublari yana OFK Kubogida ishtirok etishi mumkin

Foto: AFP/Getty Images

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Chempionlar Ligasi va OFK Kubogini isloh qilishni rejalashtirmoqda.

Xususan, 2021 yildan boshlab, Chempionlar Ligasi guruh bosqichi ishtirokchilari soni 32tadan 40taga yetishi mumkin. Biroq bu OFK reytingida dastlabki 6ta o‘rinni egallagan mamlakatlar, jumladan O‘zbekistonning ham kvotalari sonini oshirmaydi. Bu mamlakatlar uchun OFK Kubogi guruh bosqichidan 1ta joy ajratilishi rejalashtirilmoqda. 

Islohotlar 5 kundan so‘ng, Musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi. Agar ijobiy qaror qabul qilinsa, O‘zbekistonning 3ta klubi (Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 1ta, saralash bosqichida 1ta va OFK Kubogi guruh bosqichida 1ta) Osiyo kuboklarida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor o‘zbek klublari OFK Kubogida 2012 yilda ishtirok etgan va Farg‘onaning “Neftchi” klubi 1/8 finalga chiqqan edi. Shundan so‘ng, musobaqaning nufuzi pastligi bahonasida O‘zbekiston bu turnirda ishtirok etishdan bosh tortdi.

2011 yilda esa Qarshining “Nasaf” klubi OFK Kubogida g‘alaba qozongan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top