2020-2022 yillarda Xorazm viloyatining Gurlan tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari qabul qilinadi. Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Xorazm viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda boşqa davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, xöjalik birlaşmalari va tijorat banklari tomonidan işlab çiqilgan 2020-2022 yillarda Xorazm viloyatining Gurlan tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi ma'qullanişi mumkin.
Dasturning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:
Gurlan tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholini iş bilan ta'minlaniş darajasi va farovonligini oşiriş;
qişloq xöjaligi sohasida ilğor texnologiyalarni keng joriy qilgan holda, işlab çiqariş hajmi, hosildorlik va mahsulot turlarini oşiriş;
hududning tabiiy va iqlim şaroitiga xos bölgan çorvaçilik, şoliçilik, baliqçilik hamda qizilmiya ildizini yetiştiriş va çuqur qayta işlaşni rivojlantiriş;
yöl-transport infratuzilmasini yaxşilaş, irrigatsiya-meliorativ obektlarini quriş va rekonstruksiya qiliş, telekommunikatsiya tarmoğini rivojlantiriş;
işlab çiqariş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, aholini içimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta'minlaş hamda boşqa ijtimoiy-maişiy xizmatlar körsatiş darajasini yaxşilaş.
Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi Xorazm viloyati hokimligi, Gurlan tumani hokimligi bilan birgalikda 2020 yilda qayta taşkil qilinayotgan Gurlan tumanining markazini obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş, muxandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obektlarini nazarda tutgan holda Boş rejasini qayta körib çiqib, tuzatiş kiritiş va batafsil rejalaştiriş loyihasini işlab çiqadi.
Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, tuman aholisini uzluksiz toza içimlik suvi bilan ta'minlaş maqsadida yangidan “suv tozalaş inşooti” taşkil qiliş hamda Gurlan şaharçasiga oqova tizimi (kanalizatsiya) quriş uçun 2020-2022 yillarda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining 12,9 mln. dollar mablağlarini jalb qiliş çoralarini köradi.












