Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda amaldorlar uchun "maxfiy" mobil aloqa tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublikada hukumat darajasidagi "maxfiy" mobil aloqa tizimi sinovdan o‘tkazilayotganini ma'lum qildi.
Belarus prezidenti matbuot xizmatining ma'lumot berishicha, Lukashenko mamlakatda hukumatning himoyalangan aloqa tizimi rivojlanishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan.
"Bugun hammada mobil telefon bor, olasan, qo‘ng‘iroq qilasan, nima haqida gapirganingni butun dunyo biladi. Himoyalangan aloqa tizimini yaratish kerak. Xalq tili bilan aytganda, maxfiy aloqani. Biz ana shunday aloqani sinovdan o‘tkazmoqdamiz. To‘g‘ri, qator kamchiliklari bor. Bugun bu haqda ochiqchasiga gaplashib olamiz", - degan Lukashenko.
Avvalroq Belarus rahbari respublika davlat xavfsizlik qo‘mitasining hukumat aloqasi obektlaridan birida bo‘lgandi. U bu yerda hukumat aloqa tizimi rivojlanishi borasidagi ishlar bilan tanishgan.
Mavzuga oid
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
14:43 / 09.07.2026