Poytaxtimizdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida Qozoğiston tibbiyoti kunlari oçildi. Uşbu tadbir mamlakatimizda Qozoğiston yili doirasida taşkil etilmoqdi. Unda Qozoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri, tibbiyot fanlari doktori Yeljan Birtanov boşçiligidagi delegatsiya ham qatnaşmoqda.

Ta'kidlaş joizki, 2018 yil Qozoğistonda Özbekiston yili deb e'lon qilinişi ikki tomonlama munosabatlarga yangi sur'at, sifat va mazmun bağişladi. Natijada qöşni mamlakat bilan tibbiyot, madaniyat, san'at, adabiyot, fan, turizm va boşqa köplab sohalarda izçil hamkorlik olib borilmoqda. Bunday döstona tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida 2019 yil Özbekistonda Qozoğiston yili deb e'lon qilindi.

Joriy yilning avgust oyida Qozoğiston Respublikasi delegatsiyasi mamlakatimizga taşrif buyurib, Özbekiston Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şadmanov bilan bölib ötgan uçraşuvda birlamçi tibbiy yordam, majburiy tibbiy suğurta, tibbiy yordamni raqamlaştiriş va tibbiy turizmni rivojlantiriş masalalari keng muhokama qilindi. Şuningdek, uşbu muloqotda joriy yil noyabr oyida Özbekistonda Qozoğiston yili doirasida Qozoğiston tibbiyot kunlarini ötkazişga kelişib olingan edi.

Darhaqiqat, Özbekiston va Qozoğiston örtasida soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlik yil sayin rivojlanib bormoqda. Xususan, farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş borasida muayyan kelişuvlarga erişildi. Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi “Özbek farmatsevtika mahsulotlarini Qozoğistonda «in-bulk» tamoyili asosida işlab çiqariş” loyihasini işlab çiqmoqda. Şuningdek, yurtimizdagi «Dentafill plyus» xususiy korxonasi Qozoğistonning “Antustik” industrial iqtisodiy zonasi ma'muriyati bilan hamkorlik töğrisida memorandum imzoladi.

Har yili hamkorlikda tibbiyot sohasidagi oliy öquv yurtlari şifokorlari va talabalari uçun bir qator dasturlar ham amalga oşirilmoqda. Tibbiyotning yuqori malakali mutaxassislari iştirokida tajriba almaşiş doirasida özaro öquv safarlari taşkil etilayapti.

Qozoğiston tibbiyot kunlari doirasida uşbu mamlakat delegatsiyasining soğliqni saqlaş sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar haqidagi qiziqarli taqdimotlari bölib ötmoqda. Mazkur delegatsiya tarkibiga neyroxirurgiya, bolalar kardiojarrohligi, ginekologiya, nevrologiya, reproduktologiya, urologiya, travmatologiya va ortopediya, terapiya va hujayra texnologiyasi, yadroviy tibbiyot va radiatsiya diagnostikasi, buyrak va jigar transplantatsiyasi kabi qator yönalişlar böyiça mutaxassislar, şuningdek, tibbiyot oliy öquv yurtlari hamda farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari taşrif buyurişgan.