Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident davlat organlariga xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqishni taqiqlab qo‘ydi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi hamda “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga so‘zsiz rioya qilishlari shartligi haqida qat'iy ogohlantirildi.
Belgilanishicha, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan, obektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan, nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish sifatida baholanadi hamda bunday ishlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka qat'iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish tashabbusi bilan chiqqanlik uchun vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga qadar oshirishni ta'minlaydi.
Mavzuga oid
09:40 / 28.01.2026
Biznes-ombudsman: mahalliy hokimiyatning 220 ta noqonuniy qarori bekor qilindi
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025