Rossiya Federatsiyasining Voronej oblasti Arbitraj sudi GM Uzbekistan Özbekiston-Amerika avtomobil konserni sobiq boş direktori, Uz-Daewoo avtomobillarining Voronejdagi dileri sobiq rahbari va «Km/ç» avtosalonlar tarmoği sobiq egasi Tohirjon Jalilovni bankrot deb topdi. Bu haqda «Kommersant'» Arbitraj sudi ma'lumotiga asoslanib yozmoqda.
Sud Jalilovga nisbatan qarzni qayta tuziş tartibini joriy qildi. Uning moliyaviy boşqaruvçisi etib «Razvitiye» SROdan bölgan Kristina Tutova tasdiqlandi. Sud 2020 yil 18 mayda bölib ötadigan yiğilişda tadbirkorning bankrotligi natijalarini körib çiqadi.
Tohirjon Jalilovni bankrot deb topişni 502,99 mln rubl qarzdorligi sababli «Vozrojdeniye» banki talab qildi. Bankrotlik töğrisidagi da'vo 2019 yil mart oyida berilgan.

«Km/ç» avtosalonlarining moliyaviy muammolari haqida 2016 yilda ma'lum böldi, öşanda ularning yuridik şaxslari Investtorgbank va «Vozrojdeniye» bankidan bankrotlik töğrisida da'vo arizalarini qabul qila boşladi. Salonlar Uz-Daewoo, Ravon, Iveco, ZAZ, Skoda hamda Volkswagen’ni sotgan. Barça salonlar 2014 yilda olingan kreditlar böyiça özaro kafolatçi bölgan, Rossiyada tarmoqning asosiy yuridik şaxslari qarzi 20 milliard rubldan oşişi mumkin ekani aytilgan.
Jalilovning özi bundan avval bankrotlik töğrisida da'volar qabul qilib olmagan, ammo korrupsiyada gumonlanib hibsda bölgan. Biroq, 2017 yilda u barça ayblovlar olib taşlangan holda ozodlikka çiqarildi.
Tohirjon Jalilov «Özavtosanoat» davlat xoldingi boşqaruvi raisining örinbosari lavozimiga qaytdi, keyinçalik «Özbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi boşqaruvi raisiga aylandi.












