Bektemir tumanidagi maktabda yuz bergan holat bo‘yicha ma'lumot berildi
Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi Bektemir tumanidagi 293-sonli umumta'lim maktabi bo‘yicha tarqalgan holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16 noyabr kuni soat taxminan 15:30larda maktabga jiyanini olib ketish uchun keldim deb tanishtirgan noma'lum shaxs (ayol) maktab navbatchisidan kun sovuq bo‘lgani uchun maktab oshxonasidan issiq choy olib ichishga ruxsat so‘rab kiradi.
Oshxonada o‘tirgan 5-6-sinf o‘quvchilariga oshxonadan olgan o‘zi ichib o‘tirgan choydan ichishni taklif etgan. Shu vaqt oralig‘ida darsga qo‘ng‘iroq chalinadi va bolalar darsga biroz kech qoladi. Holatga aniqlik kiritish uchun sinf rahbari oshxonaga tushgan va o‘quvchilar atrofida bo‘lgan notanish shaxs haqida maktab rahbarini ogohlantirgan.
Maktab rahbari shu zahoti oshxonaga tushib, noma'lum shaxs bilan savol-javob o‘tkazib, berilgan savollarga aniq javob bera olmagan fuqaro bo‘yicha darhol tuman IIB xodimlariga xabar qiladi. Maktabga kelgan tuman IIB xodimlari fuqaroni tezkorlik bilan suhbatga tortib, unga tegishli bo‘lgan sumka va kiyimlarini tekshirishadi.
Tekshiruv natijasida qo‘lidagi sumkasidan ukol olish uchun olgan shprits borligi aniqlanadi. Bu jismlarni fuqaro o‘quvchilarga ko‘rsatmagan va o‘quvchilarning sog‘ligiga zarar yetkazadigan hech qanday xatti-harakat qilmaganligi aniqlanadi.
Shuningdek, tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv qilinganda ushbu fuqaro Toshkent viloyati, Olmaliq shahri IIBda bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida ekanligi va sog‘ligida muammosi (ruhiy xasta) borligi ma'lum bo‘ldi. Yashash joyi aniqlanib fuqaroning onasi va Olmaliq shahar IIB xodimlarining qo‘liga topshirilgan.
Fuqaroning onasi farzandini sog‘ligida muammosi borligini, lekin hech kimga zarari tegmasligini tasdiqlab, adashib kelib qolganligini ma'lum qilgan.
Barcha maktab rahbarlariga doimiy ravishda har bir holatni nazorat qilish zarurligini va begona shaxslarni umumta'lim maktablariga kiritish taqiqlanishi bo‘yicha topshiriq berildi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:02 / 03.09.2024
Toshkentning ikki tumanida ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
09:54 / 19.06.2024
Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
07:50 / 17.04.2024
Toshkentda taqiqlangan modda olib yurgan haydovchi aniqlandi
07:30 / 01.03.2024