Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni ötkazgan yiğilişda uç darajali pensiya ta'minoti tizimiga ötiş orqali pensiya badalini tölaşdan manfaatdorlikni oşiriş zarurligi ta'kidlandi.
«Bunda, birinçi darajada davlat minimal pensiya miqdorini belgilaydi. Ikkinçi darajada xodimning iş haqidan muayyan summa uşlanib, uning şaxsiy hisob-varağida töplanadi va Markaziy bank qayta moliyalaştiriş stavkasidan kam bölmagan foiz hisoblab boriladi. Uçinçi darajada xodim pensiya jamğarmasiga ajratiladigan mablağ miqdorini özi belgilaydi.

Bu tizim qöllanilsa, fuqaro kafolatli davlat pensiyasini oliş bilan birga öz xohişiga qarab, pensiya yoşida qança pensiya olişini özi belgilaş imkoniga ega böladi.
Şu bois Moliya vazirligiga Jahon banki va nufuzli moliya taşkilotlari ekspertlari bilan hamkorlikda pensiya tizimini isloh qiliş konsepsiyasini işlab çiqiş, şuningdek, ijtimoiy suğurta turlarini qayta körib çiqiş böyiça topşiriqlar berildi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.








