Özbekistonga ilk bor taşrif buyurgan çet elliklar “Yöllaringizda namunça şovqin!”, deb ajablanadi. Avtomobil boşqarganda esa töxtovsiz “bip-bip”dan fikrni bir joyga jamlaş juda qiyin deydilar, deb yozmoqda Toşkent şahar IIBB.
Ma'lum bir davlat aholisining madaniyatini haydovçilariga qarab bilib oliş mumkin.
IIBBning yozişiça, bizdagi aksariyat haydovçilarning harakatlarida hovliqiş, agressivlik, özaro hurmatsizlik sezilib turadi. Ajablanarlisi şundaki, uşbu fakt köplab haydovçilarning özi uçun ham noqulaylik tuğdiradi, ular holatni önglaş niyatida, ammo nimadir xalal qiladi. Tinmas şovqindan noroziliklar tufayli şaharda bir qator hammaga yöl berib, öngga buriliş mumkinligini anglatuvçi yöl belgilari örnatildi, çunki yaqin atrofdagi uylarda yaşovçi aholi uçun şovqinlar haqiqiy azobga aylandi. Haydovçilar kaftlari bilan rulning örtasini bosib, natijada özlari uçun noqulaylik tuğdirişlarining misollaridan biri şudir.
Bildirilişiça, Telegram’dagi guruhlarning birida “NAVIGATOR” taxallusi ostidagi iştirokçi quyidagi xabar qoldirgan: “Men qişda Rostovda 5 kun böldim. Har kuni meni bir kişi işlarim böyiça maşinasida olib yurardi. 3-kuni xayolimda bir fikr örnaşib qoldi, xuddi nimadir yetişmayotgandek. Nimaligini tuşuna olmasdim. Şu onda yon tomondagi maşina signal berdi. Hayron qoldim. Uç kun davomida signal ovozini eşitmagan ekanman. Umuman”.
Bir neçta iştirokçilar muhokamaga qöşilişib, şaxsiy kuzatuvlari bilan örtoqlaşgan: “bizdagilar bekorga antiqa signallarni qidirişmaydi, malibu, karnay-surnay!”, “Singlim RFda yaşaydi, mehmonga kelganida u ham şu haqida gapirgandi. Aytişiça, agar ular tomonda sababsiz signal bersa, kaltak yeb qoliş ham mumkin ekan!”. Boşqa bir iştirokçi: “Svetoforda turgandik, yaşil yonib qoldi. Oldinda turgan avtomobil yurmayapti. Signal ber dedim. Yöq, keyin bita bilan çiqadi, men esa old oynani almaştirişga majbur bölaman, dedi”.
“Albatta, biz bezorilikni ma'qullamaymiz. Ammo boşqa yurtlarda haydovçilarning özlari boşqalardagi signal beriş iştiyoqini söndira olişlarini guvohi bölmoqdamiz. Avvalambor – ijtimoiy qoralaş, bu tarzda boşqalar uçun noqulaylik keltirib çiqariş tarbiyasizlik ekanligini muntazam ravişda eslatib turiş orqali”, - deb yozadi IIBB matbuot xizmati.
Birinçi şarh muallifi davom etadi: “Odamlar signal berişmaydi. Köçalar tor. Köpi bilan ikki yölakli. Birinçisidan ikkinçisiga ötoqçi bölganingda “povorotnik”ni yoqsang, darhol ötkazib yuborişadi. Odamlardagi haydovçilik madaniyati özgaça. Nima uçun signal berişmaydi deb söradim. “Nima zarur?” – dedi haydovçim. Bizda esa sabab bölsa-bölmasa erinmasdan signal berişadi.”.












