21 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining 2019 yil töqqiz oyligidagi ijrosi töğrisida Vazirlar Mahkamasining hisoboti eşitildi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, hisobotda soğliqni saqlaş sohasiga ajratilgan mablağlar haqida ham söz borgan.

«2019 yilning 9 oyi davomida davlat budjetining soğliqni saqlaş xarajatlariga ajratgan mablağlari 10,6 trln sömni taşkil etadi.
Uşbu mablağlarning 7,6 trln sömi (72 foizi) iş haqi xarajatlari va unga tenglaştirilgan xarajatlarga sarflandi.
Soğliqni saqlaş muassasalarini dori-darmon bilan ta'minlaş xarajatlariga 871 mlrd sömdan ortiq mablağ sarflandi. Bu – yillik rejaning 79 foizini taşkil etadi.
Bundan taşqari, hisobot davrida soğliqni saqlaş muassasalarining oziq-ovqat xarajatlariga 205 mlrd söm, bolalarni 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarşi emlaş böyiça vaksina xarajatlari uçun 148 mlrd sömdan ortiq mablağlar ajratildi yoki reja körsatkiçlari töliq bajarildi», – dedi hukumat hisobotini taqdim etgan moliya vaziri örinbosari Ahadbek Haydarov.

Foto: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi axborot xizmati
Ma'lum qilinişiça, hisobot davrida neyrosensor karlik yoki zaif eşitadigan bolalarda operatsiyalar ötkaziş uçun 320ta koxlear implantantlar sotib olingan va buning uçun 26,4 mlrd söm sarflanib, rejalaştirilgan mablağlar töliq özlaştirilişi ta'minlangan.
Şuningdek, respublika böylab gemodializ xizmati uzluksiz faoliyat körsatişi uçun, ularni har yili bir martalik filtrlar, sarflaş materiallari, şuningdek dializ apparatlarini ehtiyot qismlari bilan ta'minlaş uçun nazarda tutilgan 73,7 mlrd söm mablağlar töliq moliyalaştirib berilgan.
Umuman, 2019 yilning 9 oyi davomida soğliqni saqlaş sohasiga davlat budjetidan ajratilgan 10,6 trln söm – ijtimoiy sohaga yönaltirilgan jami xarajatlarning 23 foizini taşkil etgan.
Muhokamalar davomida prezident va hukumat qarorlari asosida soğliqni saqlaş sohasining ayrim tadbirlarini amalga oşirişga va boşqa maqsadlar uçun ajratilgan mablağlarning 519,6 mlrd sömi özlaştirilmay qolgani tanqid ostiga olindi.
«Adolat» SDP fraksiyasi vakillari bu masalaga töxtalar ekan, mablağlarning özlaştirilmasligi sabablari ötgan yillar budjet ijrolarida ham uçraganini tanqid qildilar. Şu bois özlaştirilişi ta'minlanmagan sohalardagi muammolarni joriy yilning oxirigaça hal etişda mutasaddi rahbarlar mas'uliyatini oşiriş zarurligi qayd etildi.











