21 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan davlat budjetining va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining 2019 yil 9 oyidagi ijrosi töğrisidagi hisobotni körib çiqdi.

Hisobotni moliya vazirining örinbosari Ahadbek Haydarov taqdim etdi.

Ahadbek Haydarov
Foto: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi axborot xizmati

Hukumat taqdimiga köra, 2019 yilda soliq siyosatini tubdan takomillaştiriş konsepsiyasining amalga tatbiq etilişi, qöşilgan qiymat soliği böyiça joriy qilingan yangiliklar hisobiga iqtisodiyotda taşqi va içki savdo aylanmasining ösişiga, valuta bozorining yanada erkinlaşuviga, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanişi uçun keng imkoniyatlar yaratilişiga erişildi.

Natijada joriy yilning töqqiz oyida yalpi içki mahsulotning ösişi 5,7 foizni taşkil etdi, xususan, xizmatlar körsatiş 1,7 foiz, sanoat mahsulotini işlab çiqariş hajmi 1,6 foiz, mahsulotlarga sof soliqlar 0,7 foiz, qişloq, örmon va baliq xöjaliklari mahsuloti hajmi 0,6 foiz hamda quriliş işlari hajmi 1,1 foiz ösgan.

Davlat budjeti daromadlari 79,2 trln. sömni, xarajatlari esa, 86,5 trln. sömni taşkil etib, yalpi mahsulotdagi uluşi tegişinça 21,9 va 23,9 foizni taşkil etgan.

Hisobot davrida taşqi savdo aylanmasi 31,6 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 37,2 foiz oşgan, eksport hajmi 13,7 mlrd. AQŞ dollarini va import hajmi 18,0 mlrd. AQŞ dollarini taşkil qilgan.

Foto: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi axborot xizmati

Xarajatlarning ijtimoiy yönaltirilganligi saqlab qolinib, ijtimoiy xarajatlarni moliyalaştiriş uçun davlat budjetidan 45,9 trln. söm yoki umumiy xarajatlarning 53,2 foizi miqdorida mablağ sarflangan. Bu xarajatlar YaIMga nisbatan 12,7 foizni taşkil etgan.

«Mablağlarning eng katta qismi – ta'lim sohasini saqlaş, uni rivojlantirişga yönaltirildi. Uşbu yönalişga davlat budjetidan 2018 yilning mos davriga nisbatan 77,4 foizga köp yoki 24,2 trln söm mablağ ajratildi. Jumladan, maktabgaça ta'lim muassasalariga 3,7 trln. söm, umumta'lim maktablariga 13,8 trln. söm, kadrlar tayyorlaş xarajatlariga 3 trln. söm sarflandi», deya Ahadbek Haydarovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.