Farğonalik fuqaro uyida 1,1 kg. giyohvandlik vositasini saqlagan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Joriy yilning 12 noyabr kuni soat 12:45da Farğona viloyat Quva tuman IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir jarayonida 34 yoşli muqaddam sudlangan K.M. özining yaşaş xonadonida qonunga xilof ravişda giyohvandlik vositasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Hodisa joyini közdan keçiriş jarayonida uyning yotoqxonasidagi gaz peçi yonida polietilen paketga solingan yaşil rangli, ötkir hidli ösimliksimon modda borligi aniqlanib, tegişli tartibda xolislar iştirokida rasmiylaştirib olingan.

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga köra, polietilen paketga öralgan holda K.M.ning uyidan olingan modda 1,100 gramm oğirlikdagi «marixuana» giyohvandlik vositasi ekanligi körsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda giyohvandlik vositalarini köp miqdorda tayyorlaş, egallaş saqlaş va boşqa harakatlar) bilan jinoyat işi qözğatilgan va gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilingan.