Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni mamlakatimizda taşrif bilan bölib turgan Italiyaning Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uçraşuvda Özbekiston va Italiya örtasidagi köp qirrali munosabatlarni kengaytiriş, jumladan, Italiya va Yevropa Ittifoqining yetakçi industrial, intellektual va madaniy markazlaridan biri bölmiş Lombardiya bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirişning istiqbollari körib çiqildi.

Faol işbilarmonlik aloqalari va özaro almaşinuvlarni yölga qöyiş, Italiyaning kompaniya va taşkilotlari bilan savdo, investitsiyalar, sanoat texnologiyalari, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş va turizm sohalarida qöşma dastur va loyihalarni amalga oşiriş muhimligi qayd etildi.
Lombardiyaning taniqli universitetlari bilan yuqori malakali, avvalo, muhandislik ixtisosliklari böyiça mutaxassislar tayyorlaş borasidagi hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi.
Oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik köriş doirasida mamlakatimiz va Italiyaning uşbu hududi örtasida özaro manfaatli hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça «yöl xaritasi»ni qabul qilişga kelişib olindi.













