«Keça Grinviç böyiça 13:00dan 14:00gaça 15 foizga yaqin foydalanuvçi Telegram’ga ulanişda qiyinçilikka duç keldi. Bu asosan Germaniya, Iroq, Özbekiston, Rossiya, Ukraina, Qozoğiston va Belarusdagi foydalanuvçilar bilan sodir böldi. Biz bu bir soat davomida yetkazilmagan har bir xabar uçun uzr söraymiz», - deb yozdi Durov özining telegram-kanalida.
Uning qayd etişiça, Telegram foydalanuvçilari soni yiliga 50 foizga ösmoqda.
Telegram sönggi bor 2019 yil iyunda muammoga duç kelgandi. Öşanda messenjer kuçli DDoS-hujumga uçragandi. Durovning sözlariga köra, hujumlar Xitoyda röyxatga olingan IP-manzillardan amalga oşirilgan.












