Yirik texnologik kompaniyalarning rivoj topişini köplab omillar, jumladan, globallaşuv, raqamlaştiriş va texnologik innovatsiyalarning ösişi bilan izohlaş mumkin. Amerika Qöşma Ştatlarida Google, Amazon, Facebook va Apple texnologik kompaniyalarning «Katta törtligi» hisoblanadi va birgalikda GAFA deb ataladi. Bundan taşqari, köpinça uşbu röyxatga Microsoft ham kiritib ötiladi, şu sababli «Katta beşlik» yoki GAFAM nomlariga ham duç keliş mumkin.

Google — onlayn mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etadigan Amerikaning köpmillatli texnologik korporatsiyasi. Google bulutli hisobga oliş, qidiruv tizimlari, apparat va dasturiy ta'minot, şuningdek onlayn reklama sohasiga ixtisoslaşgan. Şöba korxonalariga YouTube, Google.org, Google Nest, Google AdMob, Waymo, Google Japan va Double Click kiradi.
Kompaniyaga Larri Peyj va Sergey Brin asos solgan, ikkisi ham Stenford universitetining sobiq talabalari hisoblanadi. Kompaniyada ayni vaqtda taxminan 12 ming kişi işlaydi va hozirgi boş direktor Piçai Sundar hisoblanadi.
Korporatsiya qulay mehnat şaroitlari tufayli mehnat bozorida maşhurlikka erişgan va texnologiya sohasidagi eng yaxşi mutaxassislarni jalb qila olgani bilan ğururlanadi.
Amazon

Amazon AQŞda joylaşgan xalqaro kompaniya. U 1994 yilda Jyeff Bezos tomonidan onlayn kitob dökoni sifatida taşkil etilgan, ammo keyinçalik kölamini zargarlik buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, elektronika, kiyim-keçak, dasturiy ta'minot, videoöyinlar va mebellar savdosini öz içiga oliş hisobiga kengaytirgan.
Amazon 40ga yaqin şöba korxonalariga egalik qiladi, jumladan Audible, Zappos, AbeBooks, Whole Foods Market, AmazonFresh, PillPack, Alexa, Amazon Books va Amazon Studios. 2018 yil holatiga köra, 647 ming 500 nafar kişi uşbu kompaniya xodimi sifatida qayd etilgan. Boş ofislar Arlington va Sietlda joylaşgan.














