Xususan, turli sabablarga köra buzilgan bino va inşootlarga kompensatsiya masalasi alohida muhokama qilindi. Berilgan ma'lumotlarga köra, Toşkent viloyatida 755 ta noturar joy davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun olinib, ayni paytga qadar 96 nafar mulk egasiga 40 milliard 540 million sömdan ortiq kompensatsiya puli tölab berilgan. 659ta noturar joy uçun hisoblangan 146 milliard sömdan ortiq kompensatsiya puli esa hali tölab berilmagan.

Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Buning sabablariga töxtalgan viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari Odilxon Rustamov ma'lum qilişiça, budjetdan ajratilgan 146 milliard sömdan ortiq mablağ viloyatning tegişli hisob raqamiga tuşirib berilgan, endi mazkur kompensatsiya pullari 10 kun muddatda tölab beriladi. 

OAV vakillari, viloyat, tuman va şahar iqtisodiy majmuasi mutasaddilari iştirok etgan anjumanda viloyatda tadbirkorlik, bandlik, pul-kredit, eksport kabi qator yönalişlar faoliyati tahlil qilindi.

Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Viloyatda 36.808ta tadbirkorlik sub'yektlari, 21.332ta yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning 1 noyabr holatiga köra umumiy maydoni 900 ga bölgan 2236 ta böş turgan yer uçastkalari aniqlanib, ulardan 400 gektarga yaqini, ya'ni 1157 tasi auksion orqali savdoga çiqarilgan. 585 ta uçastkalari 13 mlrd. 320 mln. sömga sotilgan. 7 ming 150 dan ortiq faoliyat yuritmayotgan, mingdan ortiq öz arizasiga köra tugatilayotgan korxona mavjud. Joriy yilning ötgan davrida 3 ming 75 ta faoliyat körsatmayotgan korxona faoliyati tiklanib, mazkur korxonalar tomonidan 3 milliard sömdan ortiq soliq tölangan. Soliq tölovçilarning budjet oldidagi oldindan tölovlari 1 noyabr holatiga 32 mlrd sömni taşkil qilgan. 

Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Şu davrda viloyat iqtisodiyot tarmoqlariga 261 million dollar investitsiya yönaltirilib, modernizatsiya va yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş hisobiga 10 mingga yaqin yangi iş örni yaratilgan.