«Hurmatli yöl harakati iştirokçilari! Kelayotgan hafta davomida respublikamiz hududida ob-havoning keskin özgarişi, qor yoğişi va avtomobil yöllarida muzlamalar hosil bölişi, havo haroratining keskin sovib ketişi kutilmoqda. Bu esa yöl harakati qatnaşçilari uçun bir qator noqulayliklar keltirib çiqarişi, yöl-transport hodisalari sodir etilişiga sabab bölişi mumkin.
Ayniqsa, kunduz kuni qor va muz erişidan hosil bölgan suvlar tungi vaqtda qayta muzlab sirpançiq hosil qilişi mumkinligini unutmang. Biz barça haydovçilardan transport vositasini boşqariş paytida murakkab ob-havo şaroitini hisobga olişni, zarurat bölmaganda tungi vaqtda harakatlanmaslikni, ayniqsa tezlik talablariga qat'iy amal qilişni, piyodalardan yölni kesib ötişda öta huşyor bölişni, kattalardan yöllarda bolalarning harakatini nazoratga olişni söraymiz.
Dovon yöllaridan harakatlanayotgan haydovçilardan yanada huşyorroq bölişni, dovonga çiqişda yetarliça miqdorda yonilği zaxirasiga ega bölişni, isitiş tizimi, oyna tozalagiçlari nosoz bölgan, yaroqsiz şinalar örnatilgan transport vositalaridan foydalanmaslikni söraymiz», deyiladi Özbekiston Respublikasi IIV YHX Boş boşqarmasi xabarida.













