Janubiy Koreyadagi vatandoşlar bilişi kerak bölgan 10ta tavsiya
|02:22 / 25.11.201991 50110 min
Kun.uz'ning Janubiy Koreyadagi muxbiri Eldor Vohidov «Koreya kundaligi» ruknidagi navbatdagi maqolasida bu mamlakatga öqiş yo işlaş uçun kelayotgan vatandoşlar bilişi tavsiya etiladigan önta muhim ma'lumotni sanab ötadi.
1. Heç qaçon öz nomingizdan boşqalarga texnik qurilmalar olişga ruxsat bermang!
Koreyada uyali aloqa vositalarini heç qanday boşlanğiç tölovsiz sotib oliş mumkin. Pulini oyma-oy tölab turiş şarti bilan, çeklovsiz internetga ulaniş imkonini beruvçi zamonaviy smartfonlarni osongina qölga kiritsa böladi. Bunday uslubda smartfon sotib olişni qisqagina qilib «Line phone» deb ataşadi.
Uşbu tartib mamlakatga endigina kirib kelgan har qanday sodda insonni öziga tortişi tabiiy. Aslida buning salbiy jihati yöq, muammo yuzaga kelişiga sabab esa rasmiylaştiriş jarayonidagi tovlamaçilik yoki işonçni suiste'mol qiliş holatlarida kuzatiladi.
Şu mavzuda gap ketganda yuragim ortga tortaveradi. Bir emas, ikki bor çuv tuşdim. Koreyaga kelgaç, ba'zi iş-yumuşlar sabab notaniş kişilar bilan yaqin aloqalar şakllanib qolar ekan. Xuddi şunday, men juda işonçli deb bilgan insonga 6 oylik şartnoma asosida yangi rusumdagi mobil telefonni mening nomimdan olişiga rozilik bergandim. Oylik tölovlarni muntazam bajariş u kişining böynida edi. Yaqinda bu voqeaga bir yil böladi, men esa telefon qarzini uz, deya ortidan quvib yuribman.
Xulosa şuki, har qanday vaziyatda ham öz nomingizdan boşqa birovga avtomaşina, mobil telefon yoki boşqa qurilmalar olişga ruxsat beriş – katta xato.
Mamlakatda noqonuniy yaşayotgan insonlar: «Moddiy masalalarni özim qoplayman, şunçaki, maşina yoki mobil telefonni sening nomingga rasmiylaştiraylik» kabi takliflar bilan çiqib qolişlari mumkin. Ruxsat berişdan oldin, yuqoridagi holatlarni inobatga oling. Ogohlik zarar qilmaydi.
Gadjetlar bilan boğliq yana bir dolzarb masalalardan biri – «Line phone» telefonlarini sotiş jarayoni bölib, bunda savdo menejyerlarining yolğon gapirişi yoki muhim ma'lumotni atayin berkitiş hollari xaridorga qimmatga tuşadi.
«Bir oydan keyin uzdirib taşlasangiz böladi, bepul Wi-Fi örnatib beramiz, sovğaga yana bitta smartfon» – eng köp işlatiladigan yolğonlar şular. Açinarlisi, bu işlarni har doim ham begonalar emas, ba'zan özimiznikilar ham qilayotgani. Şunday ekan, unutmang, şoşib qaror qabul qiliş zararingizga işlaşi mumkin.
Mavzuga oid
2. Raqamli Koreyani his eting, xizmatlardan zamonaviy uslubda foydalaning
Janubiy Koreya – şubhasiz, dunyoning eng innovatsion davlatlaridan biri. Bu yerda «qoğoz-ruçka» yo jamoat transporti uçun çipta kötarib yuriş yaraşmaydi. Imkoniyat bor ekan, innovatsiyalarni çinakamiga his etiş kerak. Ammo biz olamşumul qulayliklarlar haqida emas, kundalik turmuşda doim asqotadigan jihatlarga e'tibor qaratamiz.
Şaharlararo jamoat transporti yaxşi yölga qöyilgan. Poyezd yoki avtobusdan foydalanişda kassaga borib bilet oliş şart emas. Mobil telefonga maxsus ilovani örnatgan holda öz rejangizga köra oldindan xarid qilişingiz mumkin.
«KorailTalk» poyezd uçun, «고속버스 티머니» avtobus uçun qöl keladi. Şahar içkarisidagi jamoat transporti töliq elektron tizimga ötkazilgan. Bu haqda «Koreya kundaligi» ruknidagi avvalgi maqolalarda batafsil töxtalgan edik.
Internet bank – kredit kartalardan foydalaniş hali töliq urfdan qolmagan bölsa-da, köpçilik onlayn tölov tizimini ma'qul körmoqda. Mobil ilovalar orqali tölovlarni oson va tez amalga oşiriş mumkin. Ötkazmalar KakaoPay, NaverPay yoki har bir bankning öz ilovasi orqali bajariladi.
Koreyani onlayn savdosiz tasavvur qiliş muşkul. «Coupang» – koreyslarning «Amazon»i. Bu ilova haqida ortiqça töxtalişga hojat yöq. Ta'kidlab ötmoqçi bölganimiz şuki, aksariyat yangi foydalanuvçilar sotib olingan mahsulot köngildagidek çiqmasligi ehtimoli borligi uçun ham bu xizmatdan foydalanmasligini aytişadi. Qolaversa, aksar onlayn dökonlar öz faoliyatini faqat koreys tilida olib boradi.
Koreys tilini bilmaslik yoki tajribasizlik oqibatida köngildagidek mahsulot sotib ololmagan yurtdoşlar diqqatiga: Har bir onlayn savdo turida mahsulotni muqobil boşqa turiga almaştiriş yoki kiçik jarima evaziga butunlay qaytarib yuboriş xizmati mavjud.
Şaxsiy tajribamda ham bu hol kuzatildi. Saytdagi tovar şarhiga yetarliça tuşunmay, arzonligiga qiziqib olganim – «Airpods» quloqçinlari aslida faqatgina çap quloq uçun möljallangan, bir dona quloqçin bölib çiqdi. Ustiga ustak quvvatlagiçi ham yöq. Uç kun içida qaytarib yuboriş mumkin bölsa-da, eplay olmaganimiz uçun deyarli 90 dollar quloğini uşlab ketdi. Foydaga qolgani esa yaxşigina dars böldi!
Davlat idoralari xizmatidan foydalanişda aholi vaqtini tejaş uçun onlayn navbat tizimlari yölga qöyilgan. Çet el fuqarolari tez-tez kelib turadigan Immigratsiya idoralari ham şular jumlasidan. Hikorea.go.kr sayti orqali oldindan navbat band qilib qöyib, soatlab kutib qolişning oldini olsa böladi.
3. Köçmas mulk bilan boğliq masalalar
Çet elliklar uçun Koreyada turar joy masalasini hal qilişning asosan 3 xil yöli bor: talabalar yotoqxonasi, mehmonxona yoki kvartira. Yotoqxona va mehmonxona böyiça köp narsa tuşunarli. Biz kvartira ijarasining muhim jihatlariga e'tibor qaratamiz.
Ma'lum muddat bitta joyda yaşaş uçun «pudongsan» bilan qonuniy şartnoma tuziladi. Vizangiz turi qanaqaligidan qat'i nazar, şartnomani qisqaroq muddatga tuziş kerak.
Odatda bunday uylarga kiriş uçun oldindan 300-1500 dollar atrofida depozit puli qöyiladi. Belgilangan muddat mobaynida şartnoma şartlari buzilmasa, mazkur depozit qaytariladi. Aks holda, qonuniy jihatdan siz talabgor böla olmaysiz.
Rejalaringizga qarab, masalan bir yil şu manzilda istiqomat qiliş niyatingiz bölgan taqdirda ham 3 oylik şartnoma tuziş mas'uliyatni biroz bölsa-da yengillatadi. Çunki ikki-uç oy ötgaç, turli sabablar bilan boşqa şaharga köçib ötiş zarurati tuğilişi ehtimoli bor.
Yana bir muhim qoida. Koreya Respublikasi qonunlariga köra, bir hududdan boşqa hududga köçgan payt 14 kundan keçiktirmagan holda şaxsni tasdiqlovçi ID-karta ma'lumotlariga yangi manzilni kiritiş talab etiladi. Şu muddatni ötkazib yuborib, jarima tölagan yurtdoşlarimiz ham yöq emas.
4. Haydovçilik guvohnomasisiz maşina boşqariş tavsiya etilmaydi
Tan olib aytiş kerak, juda köp hamyurtlarimizni haydovçilik huquqini beruvçi hujjatlarsiz avtomobil boşqaruvida köriş mumkin. «Şunça yildan beri haydab yuribmiz, birov ğing demadi» deya fikr bildiradiganlar ham uçrab turadi. Ha rost, YHX xodimlari yöq, haydovçilar deyarli heç qaçon tekşirilmaydi. Lekin köza kunda emas, kunida sinadi, degan maqol bor. Singanda ham butunlay çilparçin bölib ketişi mumkin.
Haydovçi tajribali bölişi, xato qilmasligi mumkindir balki, lekin boşqa bir haydovçining aybi bilan avtohalokat yuzaga kelgan taqdirda aybdorlik hujjati yöq tomonga burilib ketadi.
Birgina guvohnomaning yöqligi ma'lum muddat (1-3 yil)ga avtomobil boşqariş huquqidan mahrum qiliş yoki 10 ming dollargaça jarima bilan jazolanişi mumkin.
Xudo körsatmasin, mabodo siz boşqarayotgan avtomobil iştirokida halokat sodir bölsa, özingizni yöqotmay darhol vaziyatni qölga oliş, maşina töqnaşgan nuqtani, narigi maşina içkarisini, avtoraqamni suratga tuşiriş tavsiya etiladi.
Ba'zan şunday hollar ham bölganki, avtohalokatga uçragan ikkinçi tomon maşinada yoş bola bor edi, qörqib ketdi, deya odatdagidan köproq tovon puli talab qilgan.
5. Ogoh böling: «Iş topib beramiz!»
Mehnat munosabatlari Koreyaga borayotgan hamyurtlarimizning aksariyatiga taalluqli. Işga ehtiyoj bor ekan, iş topib beradigan işbilarmonlarning ham ovi baroridan kelaveradi. Ammo şunday kişilar ham borki, insofni bir çetga surib, faqat öz manfaatlarini öylaydi.
Juda köpçilik yurtdoşlarimizning şikoyatiga sabab bölayotgan muammo – begona emas, özimizning şovvozlar tomonidan bölayotgan tovlamaçilik holatlaridir.
Kimdir yöq işga joylaştiriş evaziga haq olib, qoçib qolsa, boşqa birov mehnatkaşning oyligidan doimiy ravişda ma'lum miqdorni undirib boradi.
Mening tajribamda ham şunga öxşaş holat yuz berdi. Qöşni davlat vakillari Koreyaning çekkaroq şaharçasida oçilgan yangi oşxonaga oşpaz sifatida işga taklif qilişdi. Darsdan taşqari qulay vaqtda işlaşimga, mömay kunlik maoşga kelişgandik. Puxta öylamay biznes boşlagani sabab bir oy içida bankrot böldi, foyda uyoqda tursin, qarz bilan çiqdi. Biz ham işlagan vaqtimizga kuyib qolaverdik, taxminan $800 iş haqi berilişi kutilgan edi… Tovlamaçilik bölmasa-da, mehnatimiz evaziga haq ololmadik.
Bu kabi holatlar asosan talabalar bilan, mehnatning turli şakllarida uçraşi mumkin. Tavsiyamiz esa tuşunarli: ehtiyotkor böling, işga kirişdan oldin sörab-suriştiring.
Eslatib ötamiz, Koreyadagi mehnat turlari haqida ruknning avvalgi maqolalarida batafsil yoritilgan edi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi