Stadion yopilişi munosabati bilan 27 noyabr kuni Superliganing 25-turi doirasida uşbu stadionda ötkazilişi belgilangan «Paxtakor» - «Bunyodkor» uçraşuvi «Bunyodkor» stadioniga köçirilgan.

Tribuna.uz manbasi xabar berişiça, hozirga kelib klubning muassis va homiylari tomonidan «Paxtakor» stadionining yangi loyihasi körib çiqilmoqda. Tez orada yangi arena loyihasi tanlangaç, «Paxtakor» öyingohining töliq buzilişi boşlanadi. Uning örniga yangi stadion qurilişi 2020 yilga rejalaştirilgan. Yangi stadion qurilişi klub boş homiysi sanalmiş «SFI Management Group» tomonidan moliyalaştiriladi. Hozirda bir qator xorij kompaniyalari klub rahbariyatiga yangi arena loyihasi böyiça öz taklifini bergan.

«Paxtakor» klubi yangi stadion qurilib, foydalanişga topşirilişiga qadar, 2020 yilgi mavsum öyinlarini Toşkentdagi «Jar» stadionida ötkazadi.

Ma'lumot uçun, «Paxtakor» stadioni 1956 yilda qurilgan bölib, bugungi kungaça ikki marta - 1996 va 2008 yillar qayta ta'mirlangan. Avvaliga stadion siğimi 55 ming tomoşabinga möljallangandi, 2008 yilgi rekonstruksiyadan söng alohida örindiqlar örnatilgaç, stadion siğimi 34 mingga qisqargandi.