«Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» temir yölini quriş böyiça texnik-iqtisodiy asos (TIA) tayyorlandi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, Rossiya texnik-iqtisodiy asosni tayyorlaş uçun 200 million rubl (RF Markaziy banki kursi böyiça 3 136 364 dollar) ajratdi.
«Siyosiy qaror qabul qilindi. Ekspert guruhlari işlamoqda. Xitoy tomoni rozi böldi. Men Xitoyga ikki marta taşrif buyurdim, safarlar davomida bu borada muzokaralar olib borildi. Rossiya prezidenti bilan ham muzokaralar ötkazildi, siyosiy qaror qabul qilindi», - dedi prezident.
«Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» temir yölini quriş taşabbusi 2000-yillarning boşlarida e'lon qilingandi, ammo öşa vaqtdan beri bu narsa amalga oşirilmadi. 2002 yilda Pekin kelajakdagi tarmoqning texnik-iqtisodiy asosini işlab çiqdi va uning yönalişini aniqladi. Öşa ğoyaga köra, yöl Torugart dovoni orqali Arpadan ötib, Özgan tumani orqali Qorasuv şahriga yetib borişi hamda u yerdan Özbekistonga olib borişi lozim edi. Uning umumiy uzunligi 268 kilometrni taşkil qilişi kerak bölgan.

Qirğiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev hokimiyat tepasiga kelganidan söng, «Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» yönalişining örniga «Tojikiston-Qirğiziston-Qozoğiston-Rossiya» yöli qurişni taklif qildi. Ammo, bu ğoya heç kim tomonidan qöllab-quvvatlanmadi. Şundan söng, Qirğiziston rasmiylari yana «Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» yöli loyihasiga qaytdi va yangi yönalişni taklif qildi.
2017 yilda «Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» yölini quriş böyiça uç tomonlama işçi guruh tuzildi, uni amalga oşirişning uç xil varianti haqida xabar berildi.













