Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Albaniyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi: qurbonlar soni ortib bormoqda
Albaniyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi, deb xabar berdi Exit yangiliklar portali. Avvalroq Top channel telekanali qurbonlar 9 nafarga yetgani haqida xabar bergandi.
Seshanba kuni ertalab Albaniya poytaxti Tirana yaqinida 6,4 balli zilzila sodir bo‘ldi. Seysmologlarning ma'lumot berishicha, zilziladan so‘ng magnitudasi 5 balldan yuqori bo‘lgan bir nechta aftershok yuz bergan.
Qayd etilishicha, ko‘plab shaxslar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya va Kosovo Albaniyaga yordam berish uchun o‘z texnika va qutqaruvchilarini jo‘natishni taklif qildi.
Zilzila oqibatida 600dan ortiq kishi jarohatlangani tasdiqlandi. Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:38 / 16.06.2026
Ziroat Mirziyoyeva Albaniya birinchi xonimi Armanda Begay bilan uchrashdi
13:27 / 16.06.2026
Toshkentda O‘zbekiston–Albaniya sammiti bo‘lib o‘tdi
08:49 / 16.06.2026
Albaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
20:32 / 03.06.2026