Toş asridan salom

Yaqinda Payme tölov servisining reklama kampaniyasi boşlandi, unda ğor odamlari zamonaviy insonning kundalik muammolarini yeçişga harakat qiladilar. Kampaniya qanday taşkil etilganligi, nega bu juda kulgili bölib çiqqani va iste'molçi uçun uning foydasi haqida press-relizda aytib ötamiz.

Zamonaviy tölov servislari paydo bölgunga qadar odamlar vaqtlari hamda şaxsiy qulayliklaridan voz keçib navbatda turişar, kartadan naqd pul yeçib olişardi. Bularning hammasi asosiy xizmatlar: elektr, gaz, suv, internet yoki uyali aloqa tölovlari uçun amalga oşirilardi. Bugungi kunda har bir kişi smartfon orqali tölovlarni amalga oşiriş imkoniyatiga ega. Asosiy masala esa bu haqida barçaning xabar topişidir.

«Uşbu konsept – kundalik hayot va bizning unga nisbatan munosabatimizga qaratilgan kinoya, şu bilan birga bu hazil va kontrast prizmasi orqali körsatilgan haqiqatdir» - Payme marketing direktori iqtibosi.

Reklama kampaniyasi odamlarni mahsulot bilan taniştirişi hamda oddiy misollar va qiziqarli tasvirlar bilan uning qulayligini körsatib berişi kerak edi. Aynan şuning uçun ğor odamlariga murojaat qildik.

Uşbu konsept – kundalik hayot va bizning unga nisbatan munosabatimizga qaratilgan kinoya, şu bilan birga bu hazil va kontrast prizmasi orqali körsatilgan haqiqatdir. Barçamiz XXI asr odamlari, rivojlangan va zamonaviy bölişimizga qaramay, ba'zida bizni dovdiratadigan muammolarga duç kelamiz. Siz ertalab kompyuterni yoqasiz, ammo internet yöq – yangi oy uçun tölaşni unutgansiz. Bu esa sizni öyga solişi tabiiy. Eng yaqin terminalni topiş yoki provayder ofisiga boriş kerak. Aynan şu yerda zamonaviy odamning surati yöqolib uning örniga qayğuli ğor odam tasviri namoyon böladi.

Bu kulgili bölib çiqdi, çunki bu har birimiz haqimizdagi kiçik haqiqatdir. Payme bizni uşbu noqulay tuyğudan xalos qiliş va taraqqiyot ğildiragini oldinga siljitişga undaydi. Iste'molçi uçun foyda mahsulotning özida, kampaniya maqsadi esa bu foyda haqida aytib ötişdir.