Eron taşqi işlar vaziri Javod Zarif Tehronda "Tolibon" harakati delegatsiyasi bilan uçraşdi. Bu haqda harakat matbuot kotibi Suhayl Şahin ma'lum qildi.

"Harakat rahbari örinbosari va Qatardagi siyosiy ofis boşliği mulla Barodar Oxund boşçiligidagi delegatsiya Tehronda Eron Islom Respublikasi taşqi işlar vaziri Javod Zarif bilan uçraşuv ötkazdi. tomonlar Afğonistondagi muammolarning tinç yöl bilan hal qilinişi va tinçlik jarayonini muhokama qildi", deb yozdi Şahin tvitterda.

Şuningdek, uning ma'lum qilişiça, ikki tomonlama munosabatlar va Erondagi afğon qoçoqlari muammosi ham muhokama mavzusi bölgan. 

"Eronning yuqori martabali amaldorlari afğon xalqi bilan yaqin aloqalarni qöllab-quvvatlaşlarini bildirdi va afğon qoçoqlari masalasini hal qilişga va'da berdi", - deyiladi xabarda.