Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalaş töğrisidagi nizomga tegişli tuzatişlar kiritildi. Bu haqda Norma yozmoqda.
 
Birinçidan, xöjalik yurituvçi sub'yektlarning tegişli ma'lumotlarga ega bölgan ştatdagi xodimlariga nisbatan litsenziya talablariga tuzatişlar kiritildi. Endi litsenziyada körsatilgan faoliyat turi böyiça ularning eng kam staji uç yil emas, ikki yilni taşkil qiladi. Eslatib ötamiz, lisenziat ştatida kamida bitta şunday xodim bölişi lozim.
 
Ikkinçidan, litsenziyani rasmiylaştirişning yakuniy bosqiçi muddati qisqartirildi. Lisenziya talabgori tomonidan davlat boji tölangandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin avvalgidek uç kun muddatda emas, balki bir kun içida litsenziya beriladi. Lisenziyalaş tartib-taomili 5 bosqiçdan iborat bölib, zarur hujjatlarni tayyorlaş hamda ularni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasiga topşirişdan boşlanadi.
 
Uçinçidan, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasining vakolatlari jumlasidan lisenziat tomonidan litsenziya talablari va şartlari buzilganligidan dalolat beruvçi holatlar mavjud bölgan taqdirda lisenziatlarni rejadan taşqari tekşiriş çiqarib taşlandi. Lisenziyalovçi organ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadagi tekşiruvlarni amalga oşirişga haqlidir.
 
Eslatib ötamiz, 2017 yil 1 yanvardan tadbirkorlik sub'yektlarini rejadan taşqari tekşirişlarning barça turlari bekor qilingan, yuridik şaxslar tugatilayotganida, şuningdek, qonunçilik buzilganligi holatlari böyiça ötkaziladigan qisqa muddatli tekşiruvlar bundan mustasno .
 
Hujjat 22.11.2019 yildan kuçga kirdi.