Qişloq aholisining tantiligi-yu, bağrikengligiga qoyil qolmay iloj yöq. Ular orasida alohida hurmatga ega, soddadil, zahmatkaş bir inson bilan suhbat uyuştirdik. Qahramonimiz 33 yildan beri toğa kasb – çöponlik bilan şuğullanib keladi. 50 yoşni qarşilasa-da, ança tetik Qahramon Röziyev çöponlik ortidan olti nafar farzandini halol rizq bilan voyaga yetkazdi, uyli-joyli, öqimişli qildi. Şirin nevaraning sevimli bobosi bölişga ham ulgurdi. Jaydari va soxtaliklardan xoli bölgan qaynoq suhbatimizdan bahra oling.
«Çöponlik menga toğa kasb»
Çöponlik kasbini tanlaşimga rahmatli toğam sababçi bölgan. U kişi menga yöl-yöriqlarni örgatib ketgan. Maktabni bitirganimdan keyin onam: “Toğang betob bölib qolganligi uçun işlarga yaramayapti. Oldida bölib yordam berib yur”, dedi. Toğamning qanotiga kirib, çöponlikka qiziqib qoldim. Şundan beri ustozimning aytganlariga amal qilib, bu sohada ozmi köpmi tajriba töpladim.

«Qöyning tuyoğiga çidagan haqiqiy çöpon böloladi»
Çöponlikning ham zavqi, ham maşaqqatlari bor. Saraton-u izğirinli kunlarga bardoşli böliş kerak. Noqulay ob-havo şaroitlariga tayyor turişingiz talab qilinadi. Şu bilan birga, qöy-qözi, eçkilarning hisob-kitobini ham yurita bilişingiz zarur. Kim neçta qöy-eçkilarini qöşdi, qaysi qöy bolaladi, qaysinisi kasallandi – hammasini nazorat qilişingiz lozim.
«Halol rizq bilan topilgan pul barakali böladi»
Qişloqda pensioner, zavod işçilari va boşqa qişloqdoşlarimning qöylarini boqaman. 100 ta qöy boqsam, bir oyda örtaça 1 million söm daromad keladi. Bitta qöyga 10 ming sömdan töğri keladi. Bahorda 200 va undan köp qöylarni boqaman. Şuning ortidan rözğor tebratyapman. Farzandlarimga keçki ovqatdan keyin aytardim: bolalarim, halollik – insoniylikning eng muhim xislatlaridan biri. Qiyin yöldan yurib mehnat qilganing evaziga topganing tatiydi. Peşona teri bilan topilgan rizq qadrli böladi, qinğirlikning esa kelajagi yöq.
«Çöponligim uçun mensimaganlar ham böldi»
Katta davralarda bölganimda çöponligim uçun mensimasdan muomala qilganlar ham bölgan. Öşa paytlari çekkaga çiqib, panada közimdan yoş ham çiqqan. Şunday bölsa-da, çöponligimdan heç qaçon uyalmaganman, hozirgaça toğamning kasbini davom ettirib kelayotganimdan ğururlanaman. Farzandlarim çöponlik qilmasdan dam olişimni köp aytişadi. Unday qilolmayman, çunki öz kasbim yoqadi, zavq olaman.












