27 noyabr kuni Xalqaro press-klubning Markaziy saylov komissiyasining Toşkent şahar Şayxontohur tumanida joylaşgan Xalqaro matbuot markazida taşkil etilgan, jonli efir orqali efirga uzatilayotgan press-koferensiyasi vaqtida elektr ta'minotida uziliş röy berdi va tadbir iştirokçilari taxminan 5 daqiqa davomida çiroqsiz qolib ketdi.
Xalqaro press-klub boş prodyuseri Ğulom Samadov «Daryo» muxbiriga bergan izohida uşbu holatni «energetika tizimi ma'murlarining saylov jarayonlariga munosabati» deb atadi.
«Fikrimça, Toşkent şahridagi elektr ta'minotiga mas'ul rahbarlar saylovlar jarayoni ketayotganini, saylov jarayonlari boşlanganini sezişi kerak. 20 sentyabrdan beri Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klub töğridan töğri efirga çiqyapti, mas'ullarning bundan xabari bor. Ular jonli efirni köryapti, «Yoşlar» radiokanali orqali tinglayapti.
Tadbir joyini muqobil energiya yoki boşqa zaxira bilan ta'minlaşga ular mas'ul bölişi kerak. Biz ularga elektr energiya bilan ta'minlab berişlarini sörab rasman murojaat qilmaganmiz. Şunday bölsa-da, mutasaddilar mas'uliyatni his qilişi kerak. Bugun kuzatilgan elektr ta'minotidagi uziliş haqida ular bizni ogohlantirmagan. Buni energetika tizimining saylov jarayonlariga, umuman, siyosiy voqealarga munosabati, deyiş mumkin», deydi Ğulom Samadov.
Energetika vazirligi 27 noyabr kuni Toşkent şahrida elektr ta'minoti uzilişi böyiça izoh berdi.
«27 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar hamda saytlarda elektr energiyasi bilan boğliq muammo tufayli Toşkent metrosining «Özbekiston» yönalişidagi «Ğafur Ğulom», «Alişer Navoiy» bekatlarida yoritiş uskunalarida nosozlik hamda eskalatorlar töxtab qolgani va «Toşkentda TV orqali jonli efirda körsatilayotgan saylov debati elektr öçgani sabab uzilib qoldi» sarlavhali materiallar e'lon qilindi. Uşbu holatlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Ma'lum bölişiça, 27 noyabr kuni soat 10:42da Şayxontohur tumanida joylaşgan 35 kVli «Şayxontohur» podstansiyadagi yuqori kuçlanişli «Şayxontohur 1» yönalişli kabel tarmoği şikastlanişi natijasida qisqa muddatli uziliş bölgan hamda şu zahoti avtomatik ravişda zaxiradagi kabel tarmoğiga ulangan. Soat 10:43da elektr energiyasi töla quvvat bilan uzatila boşlangan.












