Ular Vazirlar Mahkamasining uning faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlarini öz içiga olgan 22.11.2019 yildagi 941-son qarorida körsatilgan, deb yozmoqda Norma.
 
Eslatib ötamiz, «Nukus» EIZ - «Nukus-farm» erkin iqtisodiy zonasini qayta taşkil etiş natijasi. Uning asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari, şuningdek faoliyat körsatiş muddatlari, soliq va bojxona rejimlarining xususiyatlari prezidentning 2019 yil 4 sentyabrdagi PF-5809-son farmonida keltirilgan.
 
Qabul qilingan hujjat töqqizta yer uçastkasidan iborat «Nukus» EIZning çegaralarini belgiladi.
 
Şuningdek, EIZ direksiyasining tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi. U ikkita bölim (EIZ infratuzilmasini rivojlantiriş hamda xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etiş), buxgalter va yuriskonsultdan iborat. Boşqaruv xodimlarining umumiy soni – 7 nafar. Direksiya ustav fondining miqdori 1 mlrd sömni (ilgari – 300 mln) taşkil etadi. Direksiyaning muassisi – Vazirlar Mahkamasi.
 
Hujjat 22.11.2019 yildan kuçga kirdi.