Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Buxoroda avtobus va Nexia-2 avtomaşinasi iştirokidagi YTH böyiça batafsil ma'lumot berdi.

Foto: Tergov departamenti

2019 yil 29 noyabr kuni taxminan soat 07:00larda 22 yoşli X.S. boşqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomaşinasida Buxoro viloyat Jondor tumani hududidan ötuvçi Toşkent-Qoraqalpoğiston A-380 yölining 305-km.da harakatlanib kelayotgan vaqtida boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketişi oqibatida, uşbu yönalişda kelayotgan Higer rusumli avtobusning old qismi bilan töqnaşib, yöl-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda Nexia-2 avtomaşinasining haydovçisi X.S. va yölovçilar - 19 yoşli R.S., 49 yoşli M.M. hodisa joyida vafot etgan. Avtobus haydovçisi va yölovçilari tan jarohati olişmagan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar ölimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda uşbu jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Buxoroda Nexia-2 avtobus bilan töqnaşgani, 3 kişi halok bölgani xabar qilingandi.