Şu yilning ötgan davri mobaynida yonğin xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan profilaktik işlar natijasida 15 ming 586 ta bino va inşootlarda yonğin kelib çiqiş xavfi oldi olindi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yonğin xavfsizligi institutida bölib ötgan anjumanda ma'lum qilinişiça, yuz bergan yonğinlarni öçiriş vaqtida körilgan tezkor harakatlar tufayli 35 nafar inson qutqarilib, 1 ming 271 boş uy hayvonlari, 123 turdagi texnikalar, 289 milliard sömdan ziyod inşoot qurilmalari va 95 milliard sömdan ortiq moddiy boyliklar saqlanib qolindi.

Tadbirda ta'kidlanişiça, olib borilayotgan işlarga qaramasdan 2019 yilning 10 oyi davomida Özbekiston hududida jami 9 ming 384 ta yonğinlar qayd etilib, uşbu hodisalarda 88 nafar inson halok bölgan va 240 nafar kişi tan jarohati olgan.

Joriy yilgi yonğinlar soni 2018 yilning mos davriga nisbatan 345 taga, odamlarning halok bölişi 10 taga va tan jarohati olişi 56 taga kamaygan.

Tahlillarga köra, yonğinlarning 38,9 foizi oçiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalaniş, 30,1 foizi elektr uskunalaridan foydalaniş qoidalarining buzilişi, 11,1 foizi isitiş peçlarining nosozligi yoki ularni notöğri işlatiş, 9,9 foizi bolalarning şöxligi sabab sodir bölgan.

Anjumanda ayni paytda yonğin xavfsizligini ta'minlaşdagi mavjud muammolar, ularning yeçimi va yonğinga qarşi muhofazani takomillaştiriş, yonğinlar profilaktikasi samaradorligini oşiriş, sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni qöllaş amaliyotini yanada kuçaytiriş kabi masalalar muhokama etildi.