Iroq parlamenti 1 dekabrda boş vazir Odil Abdulmahdiyning iste'foga çiqiş haqidagi iltimosini qanoatlantirdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.   

29 noyabrda Abdulmahdiy Iroqda 2 oydan beri davom etayotgan norozilik namoyişlari va tartibsizliklar ortida iste'foga çiqişini e'lon qilgandi.  

Iroqda namoyişlar boşlangan 1 oktyabrdan beri kamida 400 kişi halok bölgan, minglab odam jarohatlangan.

Namoyişçilar hukumatdan dastlab yoşlar orasidagi işsizlik va korrupsiyaga e'tibor qaratişni, söngra siyosiy tizimni özgartirişni talab qilişgan. 

Iroq boş vaziri bunga javoban hukumatda özgartirişlar amalga oşirişga va ijtimoiy sohada islohotlar ötkazişga va'da bergan, biroq namoyişçilar bundan qoniqmay, endilikda mamlakatning butun rahbariyati iste'fosini talab qilişmoqda.