Özbekistonda “Arxiv işi töğrisida”gi Qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini işlab çiqiş va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritiş dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilişiça, Qonun loyihasini işlab çiqiş Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentyabrdagi PQ–4463-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasida 2020 – 2025 yillarda arxiv işi va iş yuritişni yanada rivojlantiriş dasturining 1-bandida belgilangan.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
nodavlat arxivlarning faoliyatini rivojlantiriş;
hujjatlarini Milliy arxiv fondida doimiy saqlaş huquqi berilgan vazirlik va idoralar arxivlarining maqomini belgilaş;
arxiv binolarini tasarrufdan çiqarişga bölgan talablarni belgilaş;
taşkilotlar tomonidan arxiv hujjatlarini davlat arxivlariga elektron nusxalari bilan topşiriş majburiyatini belgilaş;
arxiv hujjatlarining elektron nusxalarini yaratiş tartibini belgilaş.
Mas'ul ijroçilar - “Özarxiv” agentligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiş muddati - 2020 yil 1 mart, Qonunçilik palatasiga kiritişning taxminiy muddati - 2020 yil 1 aprel.












